11 may kuni “Barselona” jamoasi mamlakat çempionligini nişonlaş maqsadida çempionlik paradini taşkil qildi. Unda jamoaning yetakçisi Lamin Yamal Falastin bayroğini kötargan holda iştirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda 18 yoşli futbolçi avtobusda Falastin bayroğini hilpiratayotgani aks etdi. Parad davomida minglab muxlislar “Barcelona” futbolçilarini qarşi oliş uçun Barselona köçalariga çiqqan.
“Barselona” joriy yilning 10 may kuni azaliy raqobatçisi “Real Madrid”ni 2:0 hisobida mağlub etib, öz tarixidagi 29-La Liga çempionligini qölga kiritdi. Bu La Liga taqdiri “El-Klasiko” natijasiga köra, çempionlik hal bölgan ikkinçi holat böldi. Birinçisi 1932-1933 yilgi mavsumda kuzatilgan edi.
Maʼlumot uçun, 2023 yil oktyabr oyida Ğazodagi uruş boşlanganidan buyon Barselona şahri Ispaniyada Falastinni qöllab-quvvatlovçi namoyişlarning asosiy markazlaridan biriga aylangan. Şaharda muntazam ravişda yirik aktsiyalar ötkazilib, Ğazo blokadasini buzişga uringan yordam flotiliyalari ham aynan şu yerdan yölga çiqqan.









