Toşkent şahridagi «Humo Arena» majmuasida 21 mart kuni Navröz bayrami şodiyonasi bölib ötdi. Tantanali tadbirda Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, xalqimizni bayram bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari xayrli işlarni davom ettiriş maqsadida 2022 yilda Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi hamda «Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili» dasturi qabul qilinganini qayd etdi.
«Mehnatkaş va olijanob xalqimiz milliy rivojlanişning yangi davriga uluğvor maqsad va amaliy işlar bilan kirib bormoqda», — dedi davlat rahbari.
Buning tasdiğini har bir oila, har bir mahalla, qişloq va ovullar, şaharlarimiz misolida yaqqol köriş mumkin. Yurtimizda yuzlab zamonaviy korxonalar, yöl va kommunikatsiya tarmoqlari, uy-joylar, yangi boğça va maktablar, oliygohlar hamda madaniyat maskanlari, tibbiyot va sport inşootlari barpo etilmoqda.
Barça hududlarda «Yangi Özbekiston» boğlari, «Yangi Özbekiston» massivlari bunyod qilinmoqda. «Obod mahalla» va «Obod qişloq» dasturlari qatorida, butun mamlakatimiz böylab «Yaşil makon» umummilliy loyihasi amalga oşirilmoqda. Şu kunlarda odamlar haşarlar qilib, köçat va gullar ekib, yangi boğlar, sayilgohlar yaratmoqda.

Prezident öz tabrigida Navrözning mohiyati, mamlakatimizdagi tinçlik-osoyiştalikning qadri haqida alohida töxtaldi.
«Navrözi olam bizni tabiat farzandi bölib, Vatan tuproğini, ona zamindagi har bir giyohni, közimizga tötiyo qilib yaşaşga örgatadi. Navröz hammamizga insoniylik, mehr-oqibat va bağrikenglik fanidan saboq beradi.
Şu fayzli lahzalarda barçamiz tinçlik va osoyiştalik naqadar bebaho neʼmat ekanini, uning qadr-qimmati va ahamiyatini yaxşi anglaymiz. Bugungi murakkab dunyoda xalqimiz hayotini, farzandlarimiz kelajagini, musaffo osmonimizni asrab-avaylaş uçun har birimiz masʼul va javobgar ekanimizni yanada çuqurroq his etamiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bayramda iştirok etayotgan diplomatik korpus vakillarini, çet ellardagi vatandoşlarimizni ham samimiy tabrikladi. Şuningdek, 22 mart kuni nişonlanadigan Mahalla kuni munosabati bilan uşbu tizim faollari, oqsoqollar, hokim yordamçilari va yoşlar yetakçilari qutlandi.

Bayram tadbiri katta kontsert dasturi bilan davom etdi. Uşbu tantanadan söng Prezident Şavkat Mirziyoyev Navröz saylida iştirok etdi, milliy madaniyat markazlari, folklor-etnografik jamoalar çiqişlarini kuzatdi.
Navröz mamlakatimizda yaşayotgan barça millat va elat vakillarining sevimli bayramiga aylangan. Sayilda ana şu ahillik, yurtimizdagi millatlararo döstlik yaqqol namoyon böldi. Prezidentimiz bayramga kelgan odamlar bilan suhbatlaşib, ularni tabrikladi.









