AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukraina böyiça muzokaralar ötkaziş uçun Moskvaga Amerika delegatsiyasini yuborişga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan muloqot çoğida maʼlum qildi.
Jurnalistlar Trampdan u Rossiyaga amerikalik muzokaraçilarni yuborişga tayyormi, deb söraganida, u: “Agar bu yordam beradi deb öylasam, bunga böladi. Men buni qilgan bölardim”, degan Tramp.
Tramp Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş yakunlanişini juda xohlaşini ham taʼkidlagan.
Bu bayonot Rossiya Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Moskva Trampning 9–11 may kunlari öt oçişni töxtatiş va şu davrda Kiyev bilan “1000 ga 1000” formatida harbiy asirlar almaşiş haqidagi taşabbusini qöllab-quvvatlaganini tasdiqlaganidan keyin yangradi.
Bundan avval Tramp şaxsan har ikki tomonga murojaat qilib, mazkur kunlarda öt oçişni töxtatiş va asirlar almaşinuvini amalga oşirişni söraganini aytgan edi. U bu muddatni Rossiyada nişonlanadigan Ğalaba kuni bilan boğlagan.
Rossiya Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova may oyi boşida Moskva Ukraina böyiça muzokaralardan voz keçmayotganini va aniq natija berişi mumkin bölgan muzokaralarga tayyorligini bildirgan. Uning aytişiça, hozirda Ukraina böyiça muzokaralar uçun masʼul AQŞ vakillari Yaqin Şarqdagi vaziyat bilan ham şuğullanmoqda.
2026 yil boşidan beri Rossiya va Ukraina delegatsiyalari AQŞ iştirokida uç raund muzokara ötkazdi. Sönggi uçraşuv 17–18 fevral kunlari Jenevada bölib ötgan.









