AQŞ Prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlarni hibsga olişni nazarda tutuvçi yangi farmonni imzolaydi. Uşbu farmon Kuba hududidagi Guantanamo harbiy bazasida 30 ming nafar uşlangan migrantni vaqtinçalik saqlaşni qonuniylaştiradi. Bu haqda “Independent” xabar berdi.
“Men, şuningdek, Mudofaa vazirligi va Içki xavfsizlik vazirligiga Guantanamo bazasida 30 000 nafar odamni joylaştiriş uçun infratuzilmani tayyorlaşni boşlaş böyiça körsatma beruvçi farmonni ham imzolayman”, dedi Tramp.
Uning taʼkidlaşiça, köpçilik bu haqda bilmaydi, lekin Guantanamoda Amerika xalqiga tahdid soluvçi eng xavfli noqonuniy jinoyatçilarni saqlaş uçun 30 000 ta joy mavjud.
“Baʼzi noqonuniy jinoyatçilar şunçalik xavfli ekan-ki, ularni kelib çiqqan davlatlariga topşirişga işonmayman. Şuning uçun biz ularni Guantanamoga yuboramiz”, dedi Tramp.
Maʼlumot uçun, 2002 yilda Guantanamoda AQŞ harbiy bazasi hududida qamoqxona taşkil etilgan. 2009 yilda öşa paytdagi prezident Barak Obama uni yopiş töğrisida farmon çiqargan, biroq Kongress bunga tösqinlik qilgan. Obʼekt hali ham faoliyatini davom ettirmoqda.









