«Yuventus» 2021 yilning yozida Kriştianu Ronaldu bilan xayrlaşişi mumkin, deya xabar qilmoqda italiyalik jurnalist Nikola Skira
Jurnalistning versiyasiga köra, klub şartnomasi 2022 yilning yoziga qadar möljallangan futbolçini bilan şu yozdayoq sotib yubormoqçi. Sabab sifatida Ronalduning yuqori maoşi körsatilgan.
Yana bir jurnalist Fabritsio Romanoga köra, rahbariyat jamoani qayta qurmoqçi va urğuni yoş öyinçilarga qaratadi. Klub yaqin orada Ronaldu bilan uning kelajagi borasida muzokara ötkazadi.
Ronaldu «Yuventus»ga 2018 yilning yozida 117 million yevro evaziga ötgandi. Şu vaqtga qadar u turinliklar safida 121 öyin ötkazib, 92 gol va 22 ta golli uzatma amalga oşirdi.









