Rossiya dunyoga, jumladan Özbekistonga AQŞ haqida murojaat yubormoqçi

Rossiya dunyoga, jumladan Özbekistonga AQŞ haqida murojaat yubormoqçi

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi bugun, 14 fevral kungi yiğilişida Rossiya Federatsiyasi Federal Assambleyasining AQŞning öz hududidan taşqaridagi harbiy biologik faoliyati munosabati bilan dunyo mamlakatlari parlamentlariga murojaati loyihasini qabul qildi. 

Hujjat quyi palataga Davlat Dumasi vitse-spikeri Irina Yarovaya va Dumaning xalqaro işlar böyiça qömitasi tomonidan taqdim etilgan. Federatsiya Kengaşi raisi örinbosari Konstantin Kosaçev aytganidek, parlamentning yuqori palatasi xuddi şu murojaat loyihasini 15 fevral kuni bölib ötadigan yalpi majlisda körib çiqişni rejalaştirmoqda. 

“Rossiya Federal Assambleyasi butun dunyo böylab AQŞ nazoratidagi biologik laboratoriyalar faoliyat yuritadigan mamlakatlar parlamentlarini ularning milliy soğliqni saqlaş xizmatlari AQŞ Mudofaa vazirligi bilan tuzgan kelişuvlariga huquqiy va siyosiy baho berişga çaqiradi. Bu kelişuvlar ataylab kamsituvçi xususiyatga ega va davom etayotgan tadqiqotlar xavfini fuqarolardan yaşirişga qaratilgan. Biologik laboratoriyalarga va ularda olib boriladigan işlarga, hatto milliy xavfsizlik xizmatlariga ham kirişni çeklaş yoki hatto butunlay taqiqlaş rejimi buning dalilidir”, deyiladi murojaat matnida.

Şuningdek, deputatlar dunyo parlamentlarini öz hukumatlaridan AQŞ Mudofaa vazirligining milliy suverenitetiga putur yetkazuvçi ommaviy qirğin qurollari tahdidini kamaytiriş böyiça agentligi faoliyatining mavjudligi va mohiyati töğrisida maʼlumot söraşga çaqirdi.

“Bu AQŞ biotibbiyot loyihalarining asl mazmunini oçib berişga, ularda yaşiringan harbiy biologik tahdidlarning, odamlar hayoti va salomatligi uçun halokatli oqibatlarning oldini olişga imkon beradi”, deydi deputatlar. 

Hujjat BMT, Parlamentlararo ittifoq, Yevropa parlamenti, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti Parlament assambleyasi, Şanxay hamkorlik taşkilotiga yuboriladi. 

Yarovaya ötgan hafta Ukrainadagi biologik laboratoriyalar faoliyatini örganuvçi komissiya yiğilişida AQŞning Mudofaa tahdidlarini kamaytiriş agentligi hisobotini muhokama qiliş çoğida dunyo mamlakatlari parlamentlariga murojaat qiliş taklifi bilan çiqdi. Davlat dumasi spikeri örinbosarining sözlariga köra, hisobot tahlili Pentagon “maqsadli va tizimli ravişda global bioqidiruv tizimini yaratganini” tasdiqlaydi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi quyi palatasi va Senati Rossiya parlamenti bilan töğridan-töğri, MDH va Şanxay hamkorlik taşkiloti parlamentlar guruhi doirasida hamkorlik qiladi. Xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi bilan hamkorlik böyiça parlamentlararo guruh mavjud. 


×