Andijon viloyatining tumanlaridan biridagi Kadastr bölimi boşliği yer ajratiş evaziga 3 ming dollar pora oldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Kadastr bölimi boşliği 1959 yilda tuğilgan fuqaroga uy-joy qurişi uçun 8 sotix va dehqon xöjaligi taşkil qilişi uçun 17 sotix yer ajratib beriş evaziga muqaddam 3 ming AQŞ dollari olgan.
Şuningdek, u fuqaroga 8 sotix yer ajratilganligi haqida soxta hujjat rasmiylaştirib bergan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida ötkazilgan xatlov jarayonida uşbu yer maydoni noqonuniy ajratilganligi aniqlanib, fuqaroga nisbatan 82 mln söm jarima qöllanilgan.
Kadastr mansabdori esa 3 ming AQŞ dollarini uçinçi şaxs orqali qaytarib bergan vaqtida foş etilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









