Şavkat Mirziyoyev JSTga kiriş jarayonini tezlaştirişni topşirdi

Şavkat Mirziyoyev JSTga kiriş jarayonini tezlaştirişni topşirdi

Bugun, 6 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölişi borasida 2025 yilda amalga oşirilgan işlar va uşbu jarayonni jadallaştiriş böyiça 2026 yildagi vazifalarga bağişlangan taqdimot bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilişiça, ötgan yili Özbekistonning JSTga aʼzo bölişi böyiça işçi guruhning ikkita yiğilişi ötkazilgan. Ularda 200 dan ortiq savollarga javoblar, 30 dan ziyod taşqi savdoga oid hujjatlar JST aʼzolariga taqdim etilgan.

Şu bilan birga, ikki tomonlama muzokaralar doirasida 40 dan ortiq muzokaralar raundi olib borilgan. 2025 yilning özida 11 ta davlat bilan muzokaralar yakunlanib, bunday davlatlarning umumiy soni 33 taga yetgan.

Bildirilişiça, JST aʼzolari tomonidan Özbekistonda bozor iqtisodiyotiga ötiş bilan boğliq jadal islohotlar amalga oşirilayotgani ijobiy eʼtirof etilmoqda. Xususan, ötgan yilda 68 ta qonunçilik hujjati JST va xalqaro meʼyorlariga uyğunlaştirilgan.

Jumladan, JST qoidalariga uyğunlaştiriş doirasida intellektual mulkni röyxatga oliş jarayonlari soddalaştirilib, uşbu sohadagi huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilgan, eksport çeklovlari bekor qilingan va şaffof mexanizmga ega eksport bojlari joriy etilgan, ayrim mahsulotlar uçun minimal eksport narxlarini belgilaş amaliyoti bekor qilingani taʼkidlangan.

Şuningdek, savdodagi texnik tösiqlarni qisqartiriş, sanitariya va fitosanitariya sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar doirasida xavf darajasi yuqori bölgan mahsulotlarni majburiy davlat röyxatidan ötkazişning byurokratik tartibi örniga sertifikatlaştiriş joriy etilgan, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi ustidan nazorat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasiga ötkazilgan va 14 ta oziq-ovqat texnik reglamenti bekor qilingan, 747 ta tovar pozitsiyasi böyiça majburiy sertifikatlaştiriş talablari tugatilgan va röyxat 27 foizga qisqartirilgan.

Taqdimotda oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi va savdoni himoya qiliş çoralari töğrisidagi yangi qonunlarni qabul qiliş, sanitariya, veterinariya va karantin sohasiga xavfni tahlil qiliş, kuzatuvçanlik hamda ilmiy asoslanganlik tartibotlarini joriy etiş holati körib çiqilgan.

Davlat rahbari joriy yilda Özbekistonning JSTga tölaqonli aʼzoligini rasmiylaştiriş böyiça kompleks işlarni sifatli amalga oşiriş böyiça körsatmalar bergan.

Taşqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunçilikni JST qoidalari va xalqaro savdo standartlariga töliq muvofiqlaştiriş işlarini tizimli davom ettiriş, JSTga aʼzo böliş böyiça ikki va köp tomonlama muzokaralarni yakunlaş hamda aʼzolikni rasmiylaştiriş böyiça zarur çora-tadbirlar belgilab olingan.


×