Xitoy Özbekistonning JSTga aʼzo bölişini qöllab-quvvatlaydi – OAV

Xitoy Özbekistonning JSTga aʼzo bölişini qöllab-quvvatlaydi – OAV

XXR taşqi işlar vaziri Xitoy Özbekistonni Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölişini qöllab-quvvatlaşini maʼlum qildi.

«Dunyo» axborot agentligining «Sinxua» naşriga tayanib bergan maʼlumotiga köra, Xitoy taşqi işlar vaziri Van I bu haqda Özbekiston, Qirğiziston va Tojikistonga amalga oşirgan taşriflari yakuni böyiça jurnalistlarga intervyusida maʼlum qilgan.

Xitoyning yetakçi «Sinxua» davlat axborot agentligi, şuningdek, Van Ining Özbekistonga taşrifi çoğida tomonlar ikki davlat rahbarlari örtasidagi mavjud konsensusdan özaro siyosiy işonçni çuqurlaştiriş va taraqqiyot strategiyalarining boğliqligini mustahkamlaş uçun ustuvor yönaliş sifatida foydalanişga, şuningdek, ikki tomonlama munosabatlar erişilgan yutuqlarga tayanişi va yangi taraqqiyot sari intilişi uçun birgalikda harakat qilişga kelişib olganini maʼlum qilgan.

«Tomonlar «Bir makon, bir yöl» taşabbusi doirasida hamkorlikni sifat jihatdan yuksaltiriş, yillik savdo aylanmasini 10 milliard AQŞ dollariga yetkaziş va yangi maqsadlarni belgilaşga kelişib oldi.

Van I, şuningdek, Xitoy Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölişini qöllab-quvvatlaşini maʼlum qildi», – deb yozgan Agentlik.

Eslatib ötamiz, joriy yil 28 iyul kuni Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Toşkentda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan edi.

×