Öta yirik miqdorda firibgarlik qilgan fuqaro Perudan Özbekistonga olib kelindi

Öta yirik miqdorda firibgarlik qilgan fuqaro Perudan Özbekistonga olib kelindi

Respublika huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan fuqaro Perudan Özbekistonga olib kelindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, Peru Respublikasi Adliya vazirligining faol kömagi natijasida Özbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilişi belgilangan öta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etgani uçun qidiruvda bölgan Turkiya Respublikasi fuqarosi ekstraditsiya qilingan.

Gumonlanuvçi Peru hududida tergov organlaridan yaşirinib yurgan va xalqaro qidiruv doirasida qölga olingan.

Ekstraditsiya Toşkent va Lima Milliy markaziy byurolari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari hamda ekstraditsiya jarayonida tranzit ötgan Frantsiya va BAA vakolatli organlarining xalqaro huquq doirasida körsatgan yordami tufayli amalga oşirilgan.

“Mazkur holat transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşişda Interpol Xalqaro jinoiy politsiya taşkilotiga aʼzo davlatlar örtasidagi ikki va köp tomonlama hamkorlik samaradorligini tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.

Ekstraditsiya qilingan şaxs keyingi protsessual harakatlarni ötkaziş hamda Özbekiston qonunçiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiş uçun Interpol Milliy markaziy byurosi va Respublika Boş prokuraturasi xodimlari hamrohligida Özbekistonga olib kelingan.


Teglar:
×