Bugun, 13 sentyabr kuni Toşkent xalqaro aeroportiga 1 million 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaktsinasi yuklangan samolyot kelib qöndi.
Ayni paytda Özbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V” va Moderna vaktsilaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaktsinasi Özbekistonga qöllanilayotgan 5-vaktsina böldi.
Şunday qilib, Özbekistonga keltirilgan jami vaktsina 24 002 540 dozani taşkil qilmoqda.
Ulardan:
- 1 342 480 dozasi AstraZeneca,
- 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 460 000 dozasi “Sputnik V”,
- 3 000 060 dozasi Moderna,
- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaktsinasidir.
Maʼlumot örnida, ayni kungaça mamlakatimizda jami 16 861 167 doza vaktsinadan foydalanilib, töliq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni taşkil qilmoqda.









