Bugun AOKA huzuridagi ştabda Taşqi mehnat mirgatsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxöja Norov iştirokida brifing bölib ötdi. Brifingdan muhim maʼlumotlar:
Janubiy Koreyada işlab, mehnat taʼtili uçun Özbekistonga kelganman, Janubiy Koreyadagi iş joyimga qaytib ketişim uçun qanday hujjatlar talab etiladi va men qaçon uçib ketişim mumkin?
Koreya Respublikasi talabiga köra, fuqarolar avvalo mazkur davlatga kirişdan oldin 14 kunlik majburiy karantin talablariga rioya qiliş böyiça rozilik bitimini tuzişi hamda Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi tomonidan tavsiya qilingan tibbiyot muassasalaridan jönab ketişdan 48 soat oldin koronavirusga test topşirişi belgilangan.
Rozilik bitimida körsatilgan Koreyadagi özini özi yakkalaş manzili tegişli taşkilotlar tomonidan örganiladi. Örganiş natijasiga köra, özini özi yakkalaş joyi karantin qoidalariga töğri kelgan taqdirda, fuqarolarga Koreya Respublikasiga kiriş uçun ruxsat beriladi.
Işçi vizasiga ega fuqarolarning mazkur davlatga çarter reys orqali kirib borişi böyiça ham çeklovlar mavjud, yaʼni bitta reysda 60 nafardan oşmasligi lozim.
Mehnat taʼtili olib Özbekistonga kelgan fuqarolarni çarter reyslar orqali iş joylariga qaytariş uçun ularning ID kartalari amal qiliş muddati böyiça röyxat şakllantiriladi, yaʼni fuqaroning ID kartasi tugaş muddati qança kam bölsa, u röyxatning yuqorisidan joy oladi.
Fursatdan foydalanib, Janubiy Koreyada işlab, mehnat taʼtili uçun Özbekistonga kelgan fuqarolardan www.eps.go.kr saytidagi şaxsiy kabineti maʼlumotlarini muntazam tekşirib borişni tavsiya etamiz. Agar iş beruvçi tomonidan mehnat şartnomasi bekor qilingan yoki rad etilgan taqdirda, zudlik bilan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga bu haqda xabar berişlarini söraymiz.
Maʼlumot örnida taʼkidlamoqçimanki, joriy yilning 10 iyun sanasidan 10 iyul sanasiga qadar mehnat taʼtili uçun Özbekistonga kelgan fuqarolardan 131 nafari çarter reyslar orqali Koreya Respublikasiga taşkiliy tarzda jönatilgan. Ketişdan avval qator tibbiy köriklardan ötgan, şu jumladan koronavirus kasalligiga qarşi test topşirgan bölişiga qaramay, 5 nafar fuqaroda koronavirus infektsiyasi aniqlangan.
Hozirgi kunda 400 dan ortiq fuqaro taşkiliy tarzda jönab ketişga tayyor, ammo 13 iyuldan çarter reyslar orqali fuqarolarni taşkiliy tarzda jönatiş vaqtinçalik töxtatilgan. Hozirda fuqarolarni taşkiliy tarzda jönatiş böyiça Koreya Respublikasining tegişli taşkilotlari bilan muzokara olib borilmoqda.









