Moskva viloyatida ötkazilgan reyddan söng MDH davlatlari va Afrikadan 120 nafar migrant Rossiya Federatsiyasidan çiqarib yuboriladi. Bu haqda keça, 30 avgust kuni Rossiya Içki işlar vazirligining Moskva viloyati böyiça boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Moskva yaqinidagi Puşkino şahrida politsiya ombor majmuasini tekşiriş çoğida migratsiya qonunçiligi buzilişi holatlari aniqlangan.
Rossiya IIVning “Puşkinskoe” migratsiya departamenti xodimlari Rossiya gvardiyasi kömagida noqonuniy migratsiyani aniqlaş va unga çek qöyiş doirasida MDH davlatlarida va Afrikadan kelgan muhojirlar bölgan omborni tekşirgan.
Reyd davomida 120 nafar çet el fuqarosiga nisbatan Rossiya hududida böliş rejimini buzganliklari uçun maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan, şundan 19 nafar muhojir Rossiyadagi noqonuniy mehnat faoliyati uçun va yana biri maʼmuriy jazoni ijro etişdan böyin tovlaganlik uçun javobgarlikka tortilgan.
“Har bir çet el fuqarosiga Rossiyadan deportatsiya qiliş bilan beş ming rubl miqdorida jarima belgilandi. 31 nafar migrant sud qarori ijro etilgunga qadar ixtisoslaştirilgan muassasaga joylaştirildi”, deyiladi Rossiya IIV xabarida.
Ayni paytda içki işlar organlari xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiya taşkilotçilarini aniqlaş va qölga olişga qaratilgan qöşimça çoralar körilmoqda.
Maʼlumot uçun, joriy yilning 8 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda noqonuniy migrantlarga tegişli yangi migratsiya deportatsiyasi rejimini joriy etiş töğrisidagi qonunni imzolagan edi. Qabul qilingan qonun nazorat ostidagi şaxslar reyestrini yaratişni nazarda tutadi. Deportatsiyaga qadar çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs maxsus muassasaga joylaştiriladi. U mamlakatni tark etgaç, rejim öz faoliyatini töxtatadi.









