Rossiyaning Ukrainaga qilayotgan tajovuzi tufayli rossiyalik sportçilar aziyat çekişmoqda. Ularning xalqaro musobaqalarda iştirok etişiga çeklovlar qöyilmoqda. MMA’ning eng nufuzli promouşeni hisoblanadigan UFC ham rossiyalik jangçilarga nisbatan çeklovlar qöyişi zarurligi aytilmoqda.
UFC prezidenti Dana Uaytning aytişiça, promouşen Ukrainadagi vaziyat tufayli rus jangçilarga taqiq qöyilmasligi uçun barça imkoniyatlarni işga solmoqda.
“Biz rossiyalik jangçilar iştirokidagi janglarni davom ettiriş uçun keçayu kunduz işlayapmiz. Vaziyat oğir, lekin men şou davom etişi kerak deb öylayman”, degan Uayt.









