Xitoy YEI kompaniyalarini “qora röyxat”ga tiqdi

Xitoy YEI kompaniyalarini “qora röyxat”ga tiqdi

Xitoy Tijorat vazirligi Yevropa Ittifoqining yettita aerokosmik kompaniyasini eksport nazorati ostidagi taşkilotlar röyxatiga kiritdi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi. 


Qayd etilişiça, uşbu kompaniyalarga Xitoydan “ikki xil maqsadda qöllaniladigan” (ham harbiy, ham fuqarolik) tovarlarni oliş taqiqlanadi. Sanktsiyalar joriy etilişiga uşbu kompaniyalarning Tayvan bilan harbiy hamkorligi sabab bölgan. Gap Belgiyaning öq otiş qurollari işlab çiqaruvçi FN Herstal kompaniyasi va uning boş kompaniyasi FN Browning Group, şuningdek, Yevropaning yirik mudofaa pudratçilari, aerokosmik tadqiqot institutlari va sunʼiy yöldoş orqali razvedka qiliş bilan şuğullanuvçi kompaniyalar haqida bormoqda.

Naşrning qayd etişiça, bu voqea Yevropa Ittifoqining Xitoy va Gonkongning 27 ta kompaniyasiga qarşi sanktsiyalar joriy qilganidan söng sodir bölgan. YEI uşbu kompaniyalarni Rossiya va Belarusga ğarb sanktsiyalarini aylanib ötişda yordam berişda yoki Ukrainadagi jang maydonida foydalaniş uçun dronlar va butlovçi qismlarni töğridan töğri yetkazib berişda ayblagan.

“Şuni taʼkidlaş kerakki, Xitoyning sanktsiyalar röyxatiga Yevropa Ittifoqining Tayvanga qurol sotişda iştirok etgan yoki Tayvan bilan til biriktirgan, harbiy sohaga aloqador faqat oz sonli taşkilotlari kiritildi”, deya Xitoy Tijorat vazirligi bayonotidan iqtibos keltiradi naşr.

Bungaça “The Guardian” naşri Xitoy Yevropa davlatlariga muvofiqlaştirilgan diplomatik bosim ötkaza boşlagani, ularni Tayvan siyosatçilarini mamlakatga kiritmaslikka va ularga viza bermaslikka çaqirayotgani haqida xabar bergan. Yevropalik mulozimlarning sözlariga köra, Xitoy Şengen çegara kodeksi va YEIning boşqa normalarini öz foydasiga talqin qilmoqda. Uşbu normalarga köra, “aʼzo davlatlardan birining xalqaro munosabatlariga tahdid deb qaraladigan” uçinçi davlat fuqarolarini mamlakatga kiritmaslik mumkin.

Şuningdek, AQŞ Alibaba, Baidu Inc., BYD Co va boşqa bir qator kompaniyalarni Xitoy armiyasiga yordam beruvçi tijorat taşkilotlari röyxatiga kiritgan.


×