Davlat statistika qömitasining Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspektsiyasiga yuborgan xati ortidan Orginfo.uz sayti asosçisi Boburmirzo Hamroqulovga nisbatan oçilgan iş tugatildi.
“Bugun ertalab xat taşlab ketişdi, IIBdan ekan. Unga köra, şu iş örganib çiqilib, jinoiy yoki mamuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanmaganligi tufayli iş qözğatiş rad qilinanligi töğrisida qaror qabul qilinibdi”, deydi Boburmirzo Hamroqulov.
U sayti faoliyatini davom ettirmoqçi. Unga bunday talab ham qöyilmagan.
“Faqat ötgan haftada stat.uz tomonidan saytdan köp miqdorda maʼlumotlarni olişga tösiq qöyilibdi. Buni tekşirib körsangiz böladi, bitta korxona maʼlumotini olib sahifani tez-tez yangilasangiz IP manzilingiz 30 daqiqaga blok qilinadi”, deydi dasturçi.
Eslatib ötamiz, yuridik şaxslarning elektron reyestrini yurituvçi orginfo.uz sayti asosçisi Boburmirzo Hamroqulovga nisbatan Davlat statistika qömitasi kiritgan arizaga asosan içki işlar organi tomonidan maʼmuriy iş oçilgandi.
Statistika qömitasi Matbuot kotibi esa Orginfo.uz sayti asosçisi ustidan IIBga şikoyat qilmaganini, faqatgina rasmiy Stat.uz va Orginfo.uz saytidagi tafovutlar sabab murojaatlar tuşganini, şu sababdan Özkomnazoratga xat yuborganini maʼlum qildi.
Maʼlumot uçun, dasturçiga nisbatan Asaka tumani IIB tomonidan MJtKning 202-2-moddasi böyiça maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan hamda sud muhokamasi bölişi kutilayotgandi.









