Qömqörğon tumanida maktab öqituvçisining kartasidan 1,5 mln söm yeçib olgan hamkasbi uni «1xBet» onlayn qimori uçun işlatib yuborgani gumon qilinmoqda. Agar uning aybi tasdiqlansa, 15 mln söm jarimaga tortilişi yoki 3 yilgaça qamalişi mumkin.
Surxondaryo viloyati Qömqörğon tumanida maktab öqituvçisining kartasidan uning hamkasbi 1,5 mln söm pul yeçib olib, «1xBet» onlayn qimori uçun işlatib yuborgani maʼlum böldi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
1978 yilda tuğilgan va maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi hisoblangan fuqaro A.V. IIBga ariza bilan murojaat qilib, jinoyatçiga qonuniy çora körişni söradi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uşbu jinoyatni şu tumanda yaşovçi fuqaro sodir etgani aniqlandi. U jabrlanuvçi bilan bir maktabda işlagan. Fuqaroning bank kartasi maʼlumotlari va SMS-xabarnomasini qölga kiritib, tölov tizimlaridan foydalangan va barça pullarini «1xBet» onlayn öyinida yutqazib qöygan.
Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Agar uning aybi tasdiqlansa, u BHMning 50 baravarigaça jarima (15 mln söm) tölaşi yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.









