Bugun Namanganning 60 ming dollar bilan qölga tuşgan hokimi ustidan sud boşlanadi

Bugun Namanganning 60 ming dollar bilan qölga tuşgan hokimi ustidan sud boşlanadi

Avvalroq, Namangan şahri hokimi Anvar Otaxöjayev 60 ming dollar pora olayotganda uşlangandi. Bugun, 24 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudida Anvarjon Otaxöjayev ustidan sud jarayoni boşlanadi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Taşanov maʼlum qildi.


Manbalarga köra, sobiq hokimning himoya tomoni sudning Namangan viloyati hududida ötkazilişiga raddiya bergan. Şu boisdan sud Farğona viloyati sudlarida ötkazilişi rejalangan.

Otaxöjayev işi

Otaxöjayev va poyabzal işlab çiqaruvçi MÇJ rahbari özaro til biriktirib, quriliş sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqarodan şahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylaşgan, maʼnan eskirgan turarjoy binolari örniga köp qavatli uy barpo etiş huquqini olib beriş va moliyalaştiriş evaziga 60 ming dollar talab qilgan.

DXX tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda dastlab MÇJ rahbari uşbu söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Şundan söng, tezkor tadbir davom ettirilib, şahar hokimi özining yana bir işonçli odami bölgan – hokimlikning devonxona mudiri orqali MÇJ rahbaridan 60 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.

Namangan şahar hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan unga va devonxona mudiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 3-qismi “a” bandi bilan, MÇJ rahbariga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Bildirilişiça, şahar hokimi Otaxöjayevga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov doirasida hokimning boşqa noqonuniy harakatlariga nisbatan ham huquqiy baho berilişi aytilgan.

Anvar Otaxöjayev uşbu lavozimda 2023 yilning 18 dekabridan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Teglar:
×