Koreyada öz uyidan ölik holda topilgan özbekistonlik qiz haqida rasmiy maʼlumot berildi

Koreyada öz uyidan ölik holda topilgan özbekistonlik qiz haqida rasmiy maʼlumot berildi

 Janubiy Koreyaga işlaş maqsadida ketgan özbekistonlik 26 yoşli ayol uyidan ölik holda topilgani haqida xabar berilgandi. U öz joniga qasd qilgani maʼlum böldi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, mazkur holat yuzasidan Özbekistonning Seuldagi elçixonasi voqea sodir bölgan kundan boşlab Janubiy Koreya huquq-tartibot organlari bilan ayolning ölimi holatiga oydinlik kiritiş, tergov harakatlarini haqqoniy olib borilişini taʼminlaş maqsadida hamkorlik qilib, uçraşuvlar ötkazib kelmoqda.

Yaqinda olib borilayotgan tergov işlari haqida aniq maʼlumotlarni taqdim etiş maqsadida marhumaning onasi Feruza Alimbekova elçixona hamda mazkur davlat politsiyasi kömagida Janubiy Koreyaga taklif etilgan.

Joriy yilning 14 aprel kuni marhumaning onasi, uning advokati hamda elçixona xodimlari iştirokida hodisa yuzasidan tergov harakatlarini olib borayotgan Pxyontxek şahar politsiyasi masʼullari bilan uçraşuv ötkazilgan.

Uçraşuvda Koreya politsiyasi vakillari Özbekiston fuqarosining vafoti hamda uşbu holatning yuz beriş tafsilotlari böyiça ötkazilgan qöşimça tekşiruv tadbirlari xususida maʼlumot bergan.

Koreya huquq-tartibot organlarining maʼlum qilişiça, fuqaro Nozima Kimning ölimi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov va ekspertiza natijalariga köra, marhumaning vafotida qotillik alomatlari aniqlanmagan.

Bundan taşqari, Koreya politsiyasi tomonidan voqea sodir bölgan tunda yozilgan marhuma istiqomat qilgan uyning atrofidagi, şuningdek, Nozimaga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan kasalxona hamda Pxyontxek şahridagi “Sonmu” şifoxonasidagi kameralarga muhrlangan videotasmalar ham marhumaning onasiga va uning advokatiga maʼlumot tariqasida körsatilgan.

Uçraşuv davomida Pxyontxek şahridagi Koreya Milliy sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan amalga oşirilgan çuqurlaştirilgan ekspertiza natijalari ham maʼlum qilingan.

Mazkur tahlil natijalariga köra, fuqaro Nozima Kimda öz joniga qasd qiliş taşxisi asosida ölim holati qayd etilgan. Şuningdek, DNK, qon, barmoq izi tahlil qilingani, uning tanasidan zaharli va dori moddalar yoki içki hamda taşqi tana qismlarida qattiq zarba taʼsirida yuzaga kelgan kökariş holatlari aniqlanmagani böyiça ham maʼlumot berilgan.

Koreya politsiyasi xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan marhuma Nozima Kimga tegişli turli suratlar tergov jarayonida olinmagani va ularni tarqatiş Koreya qonunçiligi böyiça taqiqlanişini bildirgan.

Uçraşuvda Pxyontxek şahar politsiyasi vakillari hozirda tergov jarayoni davom etayotgani, natijasi böyiça maʼlumotlar marhumaning yaqinlariga taqdim etilişini bildirgan.

“Mazkur holat mamlakatimiz elçixonasi tomonidan nazoratga olingan bölib, diplomatik vakolatxona marhumaning vafotiga oydinlik kiritiş böyiça Koreya politsiyasi bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.
Şu örinda, elçixona fuqarolarimizdan marhuma vatandoşimizning xotirasini hurmat qilişga, turli tasdiqlanmagan, notöğri va asossiz maʼlumotlarni tarqatmaslikka çaqirib qoladi”, deyiladi vazirlik xabarida.


Teglar:
×