Henley & Partnets tahliliy agentligi maʼlumotlariga köra, bu yil mamlakatning Ukrainaga bostirib kirişi munosabati bilan 15 mingdan ortiq badavlat odam Rossiyani tark etadi.
"Rossiya millionerlarini yöqotmoqda", dedi Henley uçun maʼlumot töplagan New World Wealth tadqiqot bölimi rahbari Endryu Amoils.
“Sönggi ön yil içida badavlat odamlarning Rossiyadan çiqib ketişi soni yil sayin ortib bormoqda, bu esa mamlakat oldida turgan dolzarb muammolar haqida erta ogohlantirişdir. Tarixga köra, yirik davlatlarning parçalanişidan avval, odatda, aholi köçib ketişining tezlaşişi kuzatilgan. Köpinça birinçi bölib ketadiganlar boy odamlar, çunki ularda buning uçun mablağ bor ", — deyiladi Henley & Partnets tadqiqotida.
Kompaniya prognozlariga köra, Ukraina ham öz aholisiga nisbatan yirik miqdorda mablağli kişilarni boy beradi: yil oxirigaça 2,8 ming millioner mamlakatni tark etişi kutilmoqda (bu million boylikka ega bölgan barça odamlarning 42 foizini taşkil qiladi)
Tahlilçilar, şuningdek, AQŞ va Buyuk Britaniya rossiyaliklar uçun unçalik qulay emasligini, ularning boyligi huquqiy va axloqiy masalalarni keltirib çiqarişi mumkinligini taʼkidlamoqda. Şuning uçun, emigratsiya uçun eng jozibador davlatlar BAA, Malta, Monako va hatto Mavrikiy böladi.









