Maldivga asal oyiga borgan sayyohning oyoğini akula uzib oldi

Maldivga asal oyiga borgan sayyohning oyoğini akula uzib oldi

Maldiv orolida sayohatga kelgan ispaniyalik Borha ismli sayyohga akula hujum qildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi. 


Maʼlum qilinişiça, 31 yoşli sayyoh suvda turgan vaqtida unga akula hujum qilgan. Oqibatda jabrlanuvçi oyoğining tizzasidan pastki qismini uzib olgan. Borha zudlik bilan şifoxonaga olib borilgan. Uning şikastlangan oyoği kesib taşlangan va qon quyilgan. Sayyohning ahvoli oğirligi aytilmoqda. 

Habarga köra, u töydan söng asal oyini ötkaziş uçun rafiqasi Anna bilan Maldivga kelgan. Ular sayyohlar guruhi bilan suv ekskursiyasiga çiqqan. Ekskursiya doirasida sayyohlarga okeanda çömiliş taklif qilingan. Uşbu taklifdan söng erkak çömiliş istagida suvda turgan vaqtida ayançli voqea sodir bölgan. 

Erkakning rafiqasi sayyohlik kompaniyasini sudga bergan. Ayolning fikriça, turmuş örtoği kompaniya eʼtiborsizligi qurboniga aylangan.

Maʼlumot uçun, ekskursiya baliqni qayta işlaş zavodi yaqinida ötkazilgan va u yerda köplab akulalar suzib yurgan. Taxminlarga köra, zavod ançadan beri baliq çiqindilarini suvga taşlamagan va şu bois oç akulalar Borhaga hujum qilgan.


Teglar:
×