Namanganda Hajga yuboriş uçun 26 ming dollar söragan şaxs uşlandi

Namanganda Hajga yuboriş uçun 26 ming dollar söragan şaxs uşlandi

Haj ziyoratiga yuboriş evaziga 26 ming AQŞ dollari talab qilgan şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, Namangan şahrida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan şaxs Çust tumanida istiqomat qiluvçi 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida islom dinining asosiy farzlaridan birini ado etiş uçun noqonuniy yöllar bilan Saudiya Arabistoniga yuboriş evaziga 26 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Maxsus xodimlar hamkorligida Çust tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, u söralgan pul mablağidan 6 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


×