Noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş va fuqarolarimizning xorijda qiyin şaroitlarga tuşib qolişlarining oldini oliş maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar ötkazildi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Namangan viloyati filiali boş mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalangan holda, aldov yöli bilan bir guruh fuqarolarning işonçiga kirib, ularni Janubiy Koreya davlatiga işga yuboriş evaziga 41 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, u mazkur noqonuniy faoliyatni Migratsiya agentligi markaziy apparatining boş mutaxassisi bilan birgalikda amalga oşirişi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va Agentlikning uşbu masʼul xodimi ham yuqoridagi pul mablağidan 15 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qölga olindi.
Şuningdek, Migratsiya agentligining mazkur xodimlari 2024 yilda 80 nafardan ortiq fuqarolarni Koreya davlatiga yuboriş uçun 700 ming AQŞ dollaridan ortiq pul mablağlarini olib, hozirga qadar ularni sarson qilib yurganliklari maʼlum böldi.
Holat yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan DXX Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, mazkur jinoiy guruhning qolgan aʼzolarini aniqlaş va ularni tergovga jalb qiliş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Fuqarolar xorijga işga yuboriş bilan boğliq har qanday şubhali takliflar yuzasidan DXX “Call-markazi”ning 1520 qisqa telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkin.









