Karor uçun 150 ming dollar söragan kadastr inspektori uşlandi

Karor uçun 150 ming dollar söragan kadastr inspektori uşlandi

Xorazm, Farğona, Toşkent va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarini jami 500 ming AQŞ dollaridan ortiq mablağga noqonuniy sotmoqçi bölgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Kadastr agentligining Qöqon şahar bölimi yetakçi inspektori dehqonçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalikka 2024 yilda Farğona viloyati hokimligi tomonidan 5,8 gektar suğoriladigan yer maydoni ajratilişida va unda yengil tipdagi issiqxona taşkil etişi böyiça tegişli qaror çiqarilişida yordam berganini rökaç qilib, uşbu masalani hal etişda kömaklaşgan mansabdor tanişlariga pul mablağlari berişi kerakligini aytib, fermer xöjalikning iş yurituvçisidan 150 ming AQŞ dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda kadastr inspektori uşbu pul mablağini olgan vaqtida uşlangan. 

Bundan taşqari, Toşkent viloyati Angren şahrida yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan, muqaddam bir neça marotaba sudlangan şaxs şahar hududida joylaşgan hamda boğdorçilikka möljallangan 18 sotix yer maydonini va unga tutaş bölgan Ohangaron örmon xöjaligi fondiga qaraşli 2 gektar yer maydonini 100 ming AQŞ dollariga sotişini hamda 21 ming AQŞ dollari evaziga kadastr tizimida işlovçi tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib berişini aytgan. Lekin, söralgan 121 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan. 

Şuningdek, Xorazm viloyati Xiva şahrida boğdorçilik yönalişida faoliyat yurituvçi masʼuliyati çeklangan jamiyat rahbari MÇJning 19,9 gektar yer maydonini göyoki 30 gektar ekanini aytib, uni mansabdor tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 120 ming AQŞ dollari hamda 80 sotix qismida köp qavatli turar-joy binosi qurişga ruxsat olib beriş uçun 60 ming AQŞ dollari – jami 180 ming AQŞ dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Içki işlar boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda MÇJ rahbari talab qilingan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Bu kabi qonnubuziliş holati Surxondaryo viloyatida ham qayd etilib, “Töpalang-Qoratoğ” Irrigatsiya tizimlari boşqarmasining Töpalang gidrouzeli bölimi xodimi Sariosiyo tumani hududidan kesib ötuvçi daryo va kanal muhofaza yer maydoni bölgan 32 sotix yerni 73 ming 500 AQŞ dollari evaziga şaxsiy mulk sifatida xaridor nomiga rasmiylaştirib berişini aytib, 70 ming AQŞ dollari va 39 mln söm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda Içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşlangan. 

Bildirilişiça, hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


×