Afğon uruşi qurbonlarining oilalariga yangi imtiyozlar beriladi

Afğon uruşi qurbonlarining oilalariga yangi imtiyozlar beriladi

Afğonistondagi harbiy harakatlar çoğida farzandlari halok bölgan ota-onalarga kommunal tölovlarning bir qismi qoplab beriladi. Bu haqda 16 aprel kuni Prezident tomonidan qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi 62-sonli farmonida söz boradi.


Kiritilgan özgartirişlarga köra, Afğonistondagi harbiy harakatlar çoğida farzandlari (er yoki xotin) halok bölgan ota-onalarga (bevalarga) uy-joy kommunal xizmatlar tölovlarining bir qismini qoplaş uçun kompensatsiya pul tölovini joriy etiş belgilangan.

Mazkur qaror Afğoniston uruşi qurbonlari oilalarini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

Afğon uruşi

1979–1989 yillarda bölib ötgan Afğoniston uruşida Özbekiston ham iştirok etgan. 1979 yil 25 dekabrda Sobiq Ittifoq qöşinlari “baynalmilal burçni bajariş” şiori ostida Afğoniston hududiga kiritildi. Asosiy maqsad mintaqada sobiq Ittifoqqa xayrixoh bölgan tuzumni saqlab qoliş va geosiyosiy taʼsir doirasini kengaytiriş bölgan. Uşbu harbiy harakatlar 9 yilu 2 oy davom etdi.

Özbekiston, xususan Termiz şahri uruşning asosiy logistik markazi hisoblangan. Amudaryo ustiga qurilgan “Döstlik” köprigi orqali harbiy texnika va şaxsiy tarkib Afğonistonga kiritilgan va xuddi şu yerdan 1989 yil 15 fevralda olib çiqilgan.

Özbekiston hududida yaradorlarni davolaş va qöşinlarni tayyorlaş uçun asosiy bazalar joylaşgan.

Uruş yillarida Özbekistondan 64 500 nafardan ortiq yigitlar jang maydonlariga yuborilgan. Jangovar harakatlar davomida 1 500 dan ortiq özbekistonlik halok bölgan. 2 500 ga yaqini uruşdan turli darajadagi jismoniy jarohatlar va nogiron bölib qaytgan.


×