Toşkentdan Turkiyaga fohişalik uçun ketayotgan ayol töxtatib qolindi

Toşkentdan Turkiyaga fohişalik uçun ketayotgan ayol töxtatib qolindi

Toşkentdan Turkiyaga aldanib, fohişalik uçun ketayotgan ayol töxtatib qolindi. Bu haqda Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, Xorazm viloyatining Şovot tumanida tuğilgan, hozirda Turkiyaning Izmir şahrida yaşovçi ayol Farğona tumanida istiqomat qiluvçi, 1989 yilda tuğilgan ayol bilan tanişib, uni Turkiyada yaxşi daromad topişga işontirib, aldagan. U ayolni Izmir şahriga borişga köndirib, unga aviabilet ham yuborgan.

Qayd etilişiça, mazkur şaxs jabrlanuvçidan şahvoniy maqsadlarda foydalanişni közlagan. Toşkent-Istanbul-Izmir yönalişi böyiça uçişi rejalaştirilgan ayol huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining tezkor harakatlari natijasida Toşkent xalqaro aeroportida töxtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan zarur protsessual hujjatlar rasmiylaştirilib, Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×