19 iyun kuni Toşkent viloyatidagi “Bözsuv” kanalida oqib ketayotgan erkak qutqaruvçilar tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, soat 13:00 atrofida Çirçiq şahrining “Şarq” mahallasi hududidan oqib ötuvçi “Bözsuv” kanali böylarida profilaktik nazorat olib borayotgan FVV qutqaruvçilari suv oqimida harakatsiz holda oqib ketayotgan fuqaroni payqab qolgan.
Şundan söng qutqaruvçilar zudlik bilan suvga tuşib, fuqaroni qirğoqqa olib çiqqan. Huşsiz holatda bölgan erkakka voqea joyining özida birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxşi ekani aytilmoqda.
Aniqlanişiça, fuqaro öz ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tuşib ketgan. Suzişni bilmagani sababli kuçli suv oqimi uni oqizib ketgan.









