Turkiyaga ketayotgan özbekistonliklar diqqatiga!

Turkiyaga ketayotgan özbekistonliklar diqqatiga!

Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi Turkiyada bölib turgan yoki uşbu mamlakatga borişni rejalaştirayotgan özbekistonliklarga murojaat bilan çiqdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanişiça, sentyabr oyida Toşkent—Istanbul—Toşkent yönalişi böyiça muntazam reyslar tiklangandan söng fuqarolarning turli xil maqsadlarda (biznes, davolaniş, öqiş, turizm va hokazo.) Turkiyaga borişi sezilarli darajada oşgan.

Qayd etiş kerakki, Özbekistonga qaytayotganda 72 soatdan köp bölmagan muddatda topşirilgan PZR-test tahlili talab etiladi va baʼzi fuqarolarda uşbu testlarning natijasi ijobiy çiqayotgani aniqlanmoqda.

«Turkiyadagi tegişli vazirlik va taşkilotlarning bayonlariga muvofiq, COVID-19 suğurtasiga ega çet el fuqarolari kasallanib qolganda davlat taşkilotlarida bepul davolanişlari mumkin. Şuningdek, kasallikni yengil ötkazayotgan turistlarning 10-14 kunlik karantin muddatini mehmonxona maxsus xonasida ötkazişlari va buning uçun ketgan xarajatlar ham suğurta hisobidan qoplanişi belgilangan.

Şu bilan birga, koronavirus taşuvçilari bilan bevosita muloqotda bölgan fuqarolarimizning ham mehmonxonalarda majburiy karantinda qolişlari majburiy bölgan holatlar kuzatilmoqda. Ammo bu vaziyatda fuqaro bevosita COVID-19 bilan kasallanmagani sababli suğurta polislari mehmonxonada qoliş xarajatlarini qoplaşni nazarda tutmagan», — deyiladi murojaatda.

Şu munosabat bilan Turkiyaga turli maqsadlarda kelişni rejalaştirayotgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya qilinadi:

COVID-19 bilan ehtimoliy kasallaniş xavfini inobatga olib tibbiy suğurta polisini sotib oliş;

suğurta şartnomasiga «PZR-testining natijasi salbiy bölişiga qaramay, suğurtalanuvçi COVID-19 taşuvçisi bilan muloqotda bölganlik sababli majburiy karantinda qolişiga töğri kelsa, tegişli xarajatlarni qoplaş» töğrisidagi bandni kiritiş;

suğurta agentligidan koronavirus infektsiyasini yuqtiriş holatida amalga oşiriladigan zarur harakatlar algoritmini bilib oliş.

Öz navbatida, COVID-19 bilan kasallanişning oldini oliş maqsadida, şuningdek, huquqni muhofaza qiliş idoralari tomonidan karantin çoralari kuçaytirilgani munosabati bilan virusga qarşi gigiyenaga va ijtimoiy masofaga qatʼiy amal qiliş söraladi.

×