Ikki fuqaroni fohişalik qiliş uçun Turkiyaga yuborayotgan namanganlik ayol uşlandi

Ikki fuqaroni fohişalik qiliş uçun Turkiyaga yuborayotgan namanganlik ayol uşlandi

Andijon viloyatida ikki nafar fuqaroni fohişalik qiliş uçun Turkiyaga yuborayotgan namanganlik ayol uşlandi. Bu haqda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, DXX Namangan viloyati boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Xöjaobod tumanida joylaşgan “Döstlik” xalqaro nazorat ötkaziş maskanida Namangan şahrida yaşovçi ayol N.N. özining 2 nafar tanişini Turkiya davlatiga fohişalik qiliş maqsadida olib ketayotgan vaqtida uşlangan.

Aniqlanişiça, 1987 yilda tuğilgan N.N. joriy yilning mart oyida Turkiya davlatidan doimiy yaşaş manziliga qaytib kelgaç, 1990 va 1993 yilda tuğilgan ikki nafar taniş ayollarini Istanbul şahrida fohişalik bilan şuğullanib, mömay pul topişga qiziqtiradi. 

Söngra, Turkiyaga Qirğiziston orqali ketişlarini aytib, ularga öz hisobidan Bişkek-Istanbul aviareysiga çiptalar xarid qiladi, şuningdek, viza hamda çet elga çiqiş pasportlari uçun tölovlarni ham amalga oşiradi. 

Bu bilan ularni öziga moddiy jihatdan qaram qilib, manzilga yetib borganlaridan keyin bir oy davomida fohişalik qiliş orqali sarflangan yöl xarajatlarini qoplaşlarini hamda har oyda işlab topgan pullarining 30 foizini berişlarini talab qiladi. 

Taʼkidlaş lozimki, N.N. Turkiyada bölgan davrida Özbekistondan olib borilgan ayollarni fohişalik bilan şuğullanişga majburlab kelgan.

Hozirda N.N.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×