4 hokim jazoga tortilişi mumkin

4 hokim jazoga tortilişi mumkin

2025 yil Oçiqlik indeksida eng past natijani Andijon viloyati va Toşkent şahar hokimligi qayd etdi. Şuningdek, röyxatda Toşkent va Sirdaryo viloyati hokimliklari ham bor. Bu haqda Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2025 yilda davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilgan işlar tahlili, xususan, Oçiqlik indeksining yakuniy natijalariga oid xabarnomada söz borgan. 


Eng past natijani qayd etganlar orasida banklardan “Aloqabank” ATB, “Toşşahartransxizmat” AJ, Sudyalar oliy kengaşi, Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi, “Özbekiston temir yöllari” AJ ham bor. Ular va yuqorida keltirilgan hokimlik indeksning “qizil” toifasiga kiritilgan. 

“Qizil” toifada baholanganlar, xususan Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov, Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov, Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov intizomiy jazoga tortilişi mumkin. 

Agentlik tomonidan qayd etilişiça, “qizil” toifaga kiritilganlarga qonunçilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo çorasini qöllaş yuzasidan taklif kiritiş, oçiqlikni taʼminlaşda yöl qöyilayotgan tizimli kamçiliklarni örganiş, bartaraf etiş hamda ularning uşbu yönalişdagi faoliyatini yaxşilaş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş közda tutilmoqda.

Gap şundaki, 2025 yil yakunlari asosida ötkazilgan bu yilgi baholaşda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olingan. Baholaş jarayoni 84 ta baholaş mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oşirilgan. Yakuniy natijalarga köra, 66 ta davlat organi “yaşil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik körsatkiçlarini qayd etgan.

Eʼtiborli jihati, joriy yilgi baholaşda ötgan yilga nisbatan “yaşil” toifada baholangan idoralar soni 34 %ga köpayib, “sariq” toifadagilar 36 %ga va “qizil” toifadagilar 31 %ga kamaygan.

Oçiqlik böyiça eng yuqori samaradorlik körsatkiçlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Özbekgidroenergo” va “Özavtosanoat” AJlari, Transport nazorati inspektsiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etilgan. 

Şuningdek, “qizil” toifada baholangan davlat organlari va taşkilotlari rahbarlarining oçiqlik sohasida yöl qöygan kamçiliklari va ularni bartaraf etiş böyiça rejalaştirgan çora-tadbirlari yuzasidan axborotlarini Korruptsiyaga qarşi kuraşiş Milliy kengaşi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Senati majlislarida eşitiş rejalaştirilgan.


Teglar:
×