Dabdabali töy qilganlar katta jarimaga tortilişi mumkin (Qirğiziston)

Dabdabali töy qilganlar katta jarimaga tortilişi mumkin (Qirğiziston)

Qirğiziston parlamenti aʼzolari «Marosimlar, bayramlar va anʼanalarni ötkazişda isrofgarçilikni çeklaş töğrisida»gi qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasiga taqdim etdi, deya xabar bermoqda 24.kg.

Loyiha böyiça bayonotda bayramlar va dafn marosimlari oila moliyasiga jiddiy zarar yetkazişi aytiladi:

«Köpinça oilalar bunday tadbirlarni moliyalaştiriş uçun kredit olişadi, bu halokatli oqibatlarga olib kelişi mumkin, şu jumladan ajralişlargayam sabab böladi». 

Qonun loyihasida bayramlar uçun söyilgan hayvonlar sonini çeklaş, şuningdek, mehmonlar sonini tartibga soliş taklif qilingan.

Deputatlar quyidagilarni taqiqlaşni taklif qilmoqdalar:

- ölimning uçinçi, yettinçi, qirqinçi kuni va yilligiga bağişlangan xotira tadbirlari;

- 250 kişidan ortiq kişilik töy; 

- töylarda uçtadan ortiq avtomaşinadan foydalaniş;

- qöşimça xarajatlar, şu jumladan sovğalar, taomlar va kiyim-keçaklar solingan savat;

- Hajga ketayotgan va qaytayotgan ziyoratçilarni tantanali jönatiş va kutib oliş.

Huquqbuzar jismoniy şaxslar 300 ming som (qariyb 3,5 ming dollar), yuridik şaxslar 100 ming som (1143 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.

Teglar:
×