Öqişni köçiriş böyiça arizalarni qabul qiliş boşlandi

Öqişni köçiriş böyiça arizalarni qabul qiliş boşlandi

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan öqişni köçiriş böyiça arizalarni qabul qiliş boşlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholaş agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, talabalar öqişini quyidagi oliy taʼlim taşkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdoş taʼlim yönalişlariga köçiriş böyiça arizalarni onlayn qabul qilişga start berilgan:

  • xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim taşkilotlaridan;
  • Özbekistondagi nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan;
  • xorijiy oliy taʼlim taşkilotlarining Özbekistondagi filiallaridan.

Xorijiy davlatlardan öqişni köçiriş böyiça arizalarni qabul qiliş bugun, 15 iyuldan 5 avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “Öqişni köçiriş (xorijiy va nodavlat)” bölimi orqali amalga oşiriladi.

Bunda talabalar öqişini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim taşkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdoş bölmagan taʼlim yönalişlariga köçirişga ruxsat etilmaydi.

Özbekistondagi davlat oliy taʼlim muassasalariaro öqişni köçiriş böyiça arizalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.


×