Navröz umumxalq bayrami va muborak Ramazon hayitini nişonlaş arafasida 392 nafar mahkum afv etildi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Jazo muddatini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida”gi farmoni imzolandi.
Farmonga muvofiq, Konstitutsiyaning 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 392 nafar şaxs afv etilgan.
Afv etilgan şaxslarning 223 nafari asosiy jazodan töliq ozod etilgan, 82 nafari jazoni ötaşda muddatidan ilgari şartli ozod qilingan, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirilgan.
Şuningdek, 53 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirilgan.
Afv etilganlarning 3 nafarini çet el fuqarolari, 26 nafarini ayol, 14 nafarini 60 yoşdan oşgan erkaklar, 166 nafarini yoşlar hamda 24 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş böyiça masʼul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berilgan.









