Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu!
Hurmatli fidokor va jonkuyar ijodkorlar!
Alloh taologa çeksiz hamdu sanolarimiz, Hazrati Payğambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga behisob salovotu salomlarimiz bölsin.
Siz azizlarni “27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Muhtaram Prezidentimizning şaxsiy taşabbuslari bilan aksariyat sohalar kabi ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham eʼtirofga loyiq yangiliklar, özgarişlar va yuksalişlar joriy etildi.
Kuni keça eʼlon qilingan muhtaram Yurtboşimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yöllagan tabriklarida: “Jahon miqyosida yuz bergan pandemiya tufayli vujudga kelgan bugungi murakkab vaziyat va qiyinçiliklarga qaramasdan, aholiga tezkor va işonçli axborot yetkazib beriş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan demokratik islohotlarni atrofliça aks ettiriş yölida öz professional burçini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, jurnalistlar ahliga çuqur minnatdorçilik bildiraman, degan ilhombaxş sözlar barça ijod ahli çeksiz mamnun etdi.
Öz navbatida biz din peşvolari ham uşbu fidoyi, murakkab, masʼuliyatli va olijanob kasb vakillarini şaraflaymiz. Bu kasb bayrami sönggi yillarda yangiça mazmun kasb etdi. Muhtaram Prezidentimizning kuçli irodasi, uning xalq bilan muloqotni yölga qöyiş, söz va axborot erkinligini taʼminlaşdagi tinimsiz taşabbuslari natijasida taşkilot va muassasalarning oçiqligi va şaffofligi taʼminlanmoqda.
Işonç bilan aytiş mumkinki, jurnalistlar va blogerlar mamlakat hayotining ajralmas qismiga aylandi, aholi orasida ularning nufuzi oşdi. Bu esa ularning xalqimiz hurmati va ehtiromiga sazovor bölayotganidan darak beradi. Bu holat heç kimga xotirjamlikka berilişga yöl qöymayapti, doim voqea-hodisalardan xabardor bölişni va mutasaddilarga esa jamiyat oldidagi vazifalarini muntazam eslatib turibdi.
Alloh taologa şukrki, muborak dinimizni keng yoyiş, diniy-maʼrifiy işlarni xalqimizga tölaqonli yetkazişda ijod ahlining juda ham katta örni bor, albatta.
Mömin-musulmonlar manfaati, din ğami va Vatan taqdirini yuragidan ötkazib işlaydigan Siz kabi ijod ahlining daʼvatkor sözi, ibratli faoliyati juda ham tahsinga loyiqdir. Zero, Qurʼoni azimuş-şaʼnda şunday marhamat qilinadi:
«Ey Muhammad, Rabbingiz yöli-diniga hikmat va çiroyli nasihat bilan daʼvat qiling! Ular bilan eng gözal uslubda munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning özi Uning yölidan çalğigan kimsalarni yaxşi biluvçi va hidoyat topganlarni ham U biluvçiroqdir» (Nahl, 125).
Şuning uçun ijod ahlini Alloh taoloning mana şunday xitobiga amal qilgan holda ezgulikni yoyiş, ilmu maʼrifatni tarqatişda eng gözal uslubni tanlagan holda imkoniyatlardan unumli foydalaniş lozimdir.
Hazrati Alişer Navoiy bobomiz “Muhokamatul-luğatayn” asarida quyidagi misralarni keltiradi:
Çu men nazm aro tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
Olib men taxti farmonimğa oson,
Çerik çekmay Xitodin to Xuroson.
Yaʼni, Hazrati Navoiy nazm ila mamlakatni yakdil qildim, Xitoydan to Xurosongaça bölgan hududni qöşinsiz egalladim, degan mazmunni ifoda etganlar.
Marhum şoirimiz Abdulla Oripov şu misralar taʼsirida “Temur tiği yetmagan joyni qalam bilan oldi Alişer”, deb bejizga qayd qilmagan edilar.
Demakki, kişilarni hamjihatlikka çaqirişda, hidoyat yöliga boşlaşda, ilmu maʼrifatini keng yoyişda ijod ahlining pandu nasihati va mazmunli çiqişlarining örni juda ham kattadir.
Hurmatli ijodkorlar!
Taʼkidlaş joizki, sönggi yillar davomida axborot xizmatlari faoliyati takomillaşib, media makonda yuzaga kelayotgan çaqiriqlarga tezkorlik bilan munosib javob kaytariş işlari şakllandi.
Mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar töğrisidagi maʼlumotlarni öz vaqtida taqdim etiş, aholiga tezkor va töliq axborot yetkaziş, oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaşda sezilarli natijalarga erişildi.
Jahonning ilğor davlatlarida matbuot kotiblari allaqaçon juda muhim şaxslarga aylanib ulgurgan. Jamoatçilik ularning bayonotini kutadi, ularni izlaydi va qadrlaydi. Yurtimizda ham bu yönalişda körilayotgan çora-tadbirlar natijasida kelgusida matbuot kotiblarimiz tom maʼnoda jamiyatimizdagi muhim şaxslarga aylanişiga işonaman.
Matbuot kotiblarini yanada faollikka, dadillikka va tezkorlikka çaqirgan bölardim. Uşbu kasb egalari eng zarur paytda, eng zarur va rost gapni aytişi lozim. Axborot xizmatlari xodimlari nafaqat matn yozişni, balki zamonaviy media usullaridan keng foydalanişlari ham zarurdir. Şu orqali media makonda töğri maʼlumotlar yetkazilib, noxolis va notöğri xabarlar tarqalişi holatlari öz vaqtida bartaraf etiladi.
Öz örnida aytiş kerakki, ijodkorlarga munosib şart-şaroit yaratib berilsa, mehnatlarini munosib taqdirlansa, ular erkin ijod qiladi, şunda közlagan maqsadlarga erişiladi, inşa Alloh.
Ijod ahli mehnatini naqadar maşaqqatli ekanini anglagan kişi sifatida kamina, sizlarning saʼy-harakatingizni doimo qöllab-quvvatlayman, sizlarni eng asosiy tayançim va eng yaqin yordamçim deb bilaman. Har bir insonning yurak-yuragiga kirib boruvçi va hayotimizni yanada yaxşilaşga xizmat qiluvçi sözingiz uçun sizdan çin dildan minnatdormiz. Sizlarni doimo yaxşi körib qolişimni izhor qilişdan esa juda ham baxtiyorman. Öz navbatida Özbekiston musulmonlari idorasi barça ijodkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilişga tayyor ekanini maʼlum qilaman.
Imkoniyatdan foydalanib, öta muhim va masʼuliyatli vazifalarni amalga oşirişda barça ommaviy axborot vositalari vakillari, axborot sohasida iş yuritayotgan jonkuyarlarimizga sihat-salomatlik, kuç-ğayrat hamda ulkan zafarlar tilayman.
Barça ijodkor xodimlarni yana bir bor kasb bayramlari bilan muborakbod etaman.
Qalamingiz ötkir, sözlaringiz ravon, çiqişlaringiz taʼsirçan bölib, doimo mömin-musulmonlarimiz ardoğida böling, barçangizga baxtu saodat, ijodiy yutuqlar tilayman.
Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu.









