Eron-Isroil uruşi Özbekistonga qaytayotgan hojilarga ham taʼsir qildi

Eron-Isroil uruşi Özbekistonga qaytayotgan hojilarga ham taʼsir qildi

Isroil va Eron örtasida yuzaga kelgan ziddiyat sababli uşbu davlatlarning havo hududi yopilişi oqibatida Saudiya Arabistonidan Özbekistonga qaytayotgan hojilarning parvoz vaqtlari uzaydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

QALAMPIR.UZ vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida parvozlarni amalga oşirayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bilan boğlandi. Maʼlum qilinişiça, Toşkentdan reyslar belgilangan jadval asosida amalga oşirilmoqda.

12 may kuni Uzbekistan Airways’ning rasmiy axborot kanallarida eʼlon qilingan maʼlumotida, “Haj-2025” dasturi doirasida ziyoratçilarning jönab ketişi Madina şahri orqali, qaytişi esa Jidda şahri orqali amalga oşirilişi belgilangan.

“Uzbekistan Airways mazkur parvozlar uçun jiddiy tayyorgarlik işlarini olib bordi. Jumladan, mavjud şaroitdan kelib çiqib, parvoz marşrutlari qayta şakllantirildi va yölovçilar xavfsizligini taʼminlaş uçun aylanma yöllar orqali taşkil etildi. Şu sababli, parvoz vaqti biroz uzayadi”, deydi aviakompaniya vakili.


Teglar:
×