Içki işlar xodimi IIB binosida özini otib qöydi

Içki işlar xodimi IIB binosida özini otib qöydi

Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Içki işlar bölimi xodimi xizmat quroli bilan öz joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Yangiariq tuman IIB xodimi U.R. 22 noyabr kuni tuman IIB binosida xizmat quroli orqali öz joniga qasd qilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, U.R.ning öz joniga qasd qilişiga oilaviy kelişmovçilik oqibatida kelib çiqqan ruhiy siqiliş sabab bölgan.

Holat yuzasidan Yangiariq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekşiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


×