Rossiya Tergov qömitasining Privoljskiy transport tergov bölimi Samaradagi temir yöl vokzalida ikki nafar politsiyaçining Özbekiston fuqarosini kaltaklagani yuzasidan jinoiy iş oçdi. Bu haqda hudud transport porokuraturasining axborotiga tayanib «Interfaks» xabar qilmoqda.
Hodisa 2020 yil 15 iyulda sodir bölgan. Politsiya xodimlariga ayblov eʼlon qilingan va vaqtinçalik qamoqqa oliş, yaşaş hududidan çiqarmaslik tarzidagi ehtiyot çoralari qöllanilgan.
Jinoyat işi Rossiya Jinoyat kodeksining 286-moddasi 3-qismi «a» bandi (Mansab vakolatlarini kuç işlatiş va zöravonlik yöli bilan suiisteʼmol qiliş) bilan oçilgan. Rossiya IIV Srednovoljsk transport tarmoği boşqarmasi xodimlari gumonlanuvçi tariqasida işga jalb qilingan.
Transport politasiyasi rahbariyatiga xodimlarning işiga idoraviy nazoratni kuçaytiriş böyiça körsatma yuborilişi kutilmoqda.
Ayni vaqtda ikkala politsiya xodimi ham işdan haydalgan. Ularning bevosita rahbarlariga maʼmuriy jazo çoralari körilgan.
Jinoyat işini tergov qiliş Rossiya Tergov qömitasining nazoratiga olingan.
Vaziyat bilan juda yaxşi taniş «Interfaks» manbasining xabar qilişiça, nizo politsiyaçilarning fuqarodan hujjat talab qilişi oqibatida kelib çiqqan.
«Transport politsiyasi xodimlari Özbekiston fuqarosidan hujjatlarini körsatişni söragan. Ulardan biri nomaʼlum sababga köra fuqaroni urgan», — deydi «Interfaks» manbasi.









