Migrantlarni Rossiyadan quviş uçun asoslar soni 2 baravar oşiriladi

Migrantlarni Rossiyadan quviş uçun asoslar soni 2 baravar oşiriladi

Rossiyadan migrantlarni çiqarib yuboriş uçun asoslar soni ikki baravar köpaytiriladi. Bu haqda keça, 9 aprel kuni Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin özining Telegram-kanalida maʼlum qildi. 


Parlament spikeri migratsiya qonunçiligini qattiqlaştiriş böyiça işlar Davlat dumasi tomonidan 2024 yildan beri olib borilayotganini eslatib ötgan: bu vaqt içida deputatlar uşbu mavzuda 22 ta federal qonunni qabul qilgan. Ularning aksariyati (18 tasi) xalq vakillarining özlari tomonidan ilgari surilgan.

“Mamlakatimizga noqonuniy migrantlar kirib kelişiga tösqinlik qiliş uçun hamma çorani körişga harakat qildik”, deydi Volodin.

Hozirgi vaqtda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda çet el fuqarosini Rossiya hududidan çiqarib yuboriş mumkin bölgan 22 ta asos közda tutilgan. Ular orasida:

  • giyohvand moddalarning noqonuniy aylanişi;
  • pedofiliya, jinsni özgartiriş, ğayrioddiy jinsiy aloqalarni tarğib qiliş (şu jumladan voyaga yetmaganlar örtasida);
  • immigratsiya qoidalarini, davlat çegarasini kesib ötiş rejimini buziş;
  • noqonuniy mehnat faoliyati bilan şuğullaniş;
  • migratsiya hisobi qoidalarini buziş;
  • Rossiyaga kirişdan közlangan maqsadning amaldagiga mos kelmasligi va boşqalar.

Uşbu sabablar tufayli 2025 yilda Rossiyadan 72 ming nafar çet el fuqarosi çiqarib yuborilgan.

Yangi qonun loyihasi çiqarib yuboriş uçun sabablar röyxatini 22 tadan 43 tagaça kengaytirişni nazarda tutadi. Agar u qabul qilinsa, migrantlar quyidagilar uçun ham mamlakatdan haydaladi:

  • jamoat tartibini buziş;
  • huquqni muhofaza qiliş organlari talablariga böysunmaslik;
  • hayotiy muhim obʼektlar, transport yoki ijtimoiy infratuzilma, aloqa tizimlari, piyodalar va transport vositalari harakatiga xalaqit beriş;
  • internetda inson qadr-qimmatini va jamoat axloqini tahqirlovçi maʼlumotlarni tarqatiş;
  • Rossiya Qurolli kuçlarini obrösizlantirişga qaratilgan ommaviy harakatlar;
  • Rossiya, uning fuqarolari yoki kompaniyalariga nisbatan siyosiy yoki iqtisodiy sanktsiyalar joriy etiş yoki uzaytirişga çaqiriqlar.

Çiqarib yuboriş jarimalar tayinlanişi bilan birga keçişi mumkin, ularning miqdorini ham oşiriş rejalaştirilgan.

“Forbes” naşrining qayd etişiça, qonun loyihasi hukumat komissiyasi tomonidan qöllab-quvvatlangan va Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi kabi aksariyat idoralar bilan kelişilgan.


×