Xonadonlarda baliq yetiştiriş uçun ajratiladigan kredit 2 baravarga oşiriladi

Xonadonlarda baliq yetiştiriş uçun ajratiladigan kredit 2 baravarga oşiriladi

«Baliqçilik tarmoğini yanada rivojlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori (PQ–83-son, 13.01.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga köra, Jizzax viloyatida taşkil etilgan baliqçilik klasterining aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida işlaş tajribasi har bir viloyatda joriy etiladi.

Bunda:

- baliqçilik xöjaliklari xonadon egalarini baliq yetiştiriş böyiça öqitişni taşkil etadi, ularga baliq yetiştiriş uçun zarur bölgan asbob-uskunalar, baliq çavoqlari, omuxta yem, mineral öğitlarni yetkazib beradi hamda ular tomonidan yetiştirilgan baliqni kelişilgan narxlarda sotib oladi;

- xonadon egalari öz xonadonlarida intensiv usulda yetiştirilgan baliqlarni kelişilgan narxlarda ularga sotadi.

2022 yil 1 fevraldan fuqarolarözini özi band qilgan şaxs sifatida öz xonadonida baliq yetiştirişni yölga qöyişi mumkin.

2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargaça baliqçilikni intensivlaştiriş uçun zarur bölgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormuşka, UZV) hamda qayta işlaş uskunalarini işlab çiqarişni yölga qöygan, biroq daromadining 80 foizidan ortiğini uşbu uskunalarni işlab çiqarişdan oladigan subʼektlar uçun foyda soliği (tijorat banklarida joylaştirilgan mablağlardan olingan foizlardan taşqari), yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

Baliq yetiştiruvçi xonadon egalariga yer soliği va mol-mulk soliği stavkasi 50 foiz miqdorida belgilanadi.

2022 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda jami 700 ming tonna baliq yetiştiriladi.

Qarorga köra,2022 yil 15 yanvardan «Har bir oila – tadbirkor» davlat dasturi doirasida xonadonlarda baliq yetiştiriş uçun ajratiladigan kredit BHMning 150 baravaridan 300 baravarigaça oşiriladi.

Şuningdek, intensiv usulda xonadonlarda baliq yetiştiriş loyihalarini moliyalaştirişga 200 milliard söm mablağ ajratiladi.

2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargaça jismoniy şaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetiştiriş yönalişi böyiça öquv kurslarida öqiş xarajatlarini qoplaş uçun BHMning 2 baravarigaça bir martalik subsidiya ajratiladi.

Qarorga köra, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari röyxatiga «baliqçilik» ixtisosligi kiritiladi.

2022 yildan Toşkent davlat agrar universiteti va Baliqçilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantura bosqiçlariga «Baliqçilik» ixtisosligi böyiça har yili 2 tadan örin ajratiladi.

×