2022 yilda gaz, “svet” va suv uçun tariflar oşiriladi

2022 yilda gaz, “svet” va suv uçun tariflar oşiriladi

2022 yilda Özbekistonda Elektr energiyasi va tabiiy gazni içki isteʼmolçilarga sotiş narxi, issiq suv va issiqlik, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari oşişi kutilmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uçun Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti töğrisida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uçun byudjetnoma böyiça bergan xulosasida aytib ötilgan.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni içki isteʼmolçilarga sotiş narxi, issiq suv va issiqlik, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari 2020-2021 yillarda uşbu resurslar narxlari özgarmagani va keyingi yilda indeksatsiya qilinişi közda tutilayotgani bilan izohlangan.

Hisob palatasining taʼkidlaşiça, yuqoridagilardan kelib çiqib, energiya resurslari tarif narxlarining 2022 yilda keskin oşirilişi fonida, joriy inflyatsiya darajasining ötgan yilga nisbatan pasayişini taʼminlaş uçun boşqa isteʼmol tovar va xizmatlar narxlari ösiş surʼatlarini sezilarli darajada pasaytiriş talab etiladi.

Buning uçun Hukumat hamda tarmoq vazirlik va idoralariga isteʼmol tarkibidagi yuqori vaznga ega oziq-ovqat (göşt, un mahsulotlari, mevasabzavotlar), nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-keçak, quriliş mollari) va boşqa xizmatlar (transport va aloqa)ga bölgan talabni tölaqonli taʼminlaş orqali, ular narxlarining barqarorligi taʼminlaş çoralarini köriş tavsiya etilgan.

×