Britaniya hukumati Afğon xalqi uçun xayriya taşkilotlariga ikki baravar köp yordam bermoqda

Britaniya hukumati Afğon xalqi uçun xayriya taşkilotlariga ikki baravar köp yordam bermoqda

BMT tuzilmalari orqali 165 million dollar miqdoridagi gumanitar yordam tarqatilgan

Britaniya hukumati “Tolibon” radikal harakati jangarilari mamlakatda hokimiyatni qölga kiritganidan söng, oçlik xavfi ostida qolgan Afğoniston aholisiga yordam beriş uçun mablağ yiğişda xayriya taşkilotlarini qöllab-quvvatlamoqda.

 Bu haqda Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

Britaniya Taşqi işlar vaziri  Liz Truss uşbu yordamdan asosiy maqsad haqida gapirdi:

“Britaniyaliklar aql bovar qilmaydigan saxiylik körsatdi. Birlaşgan Qirollik Afğoniston xalqi uçun qölidan kelgan barça işni qilişga bel boğladi. Biz bu yöl bilan hayotni saqlab qoliş, ayollar va bolalarni himoya qiliş va mintaqada barqarorlikni taʼminlaş uçun yordamimizni ikki baravar oşirdik”.

Notinç siyosiy muhitda, iqtisodiy inqiroz, qurğoqçilik, oziq-ovqat tanqisligi va pandemiya şaroitida yaşayotgan afğonlarga gumanitar yordam körsatiş uçun Buyuk Britaniya özining  13 ta eng yaxşi xayriya taşkilotlarini xayriya qilişga çaqirdi.

Uşbu taşkilotlar Afğonistondagi vaziyat qişda 8 million odam oçlik tahdidi va keyingi 3 oyda 5 yoşgaça bölgan 1 millionga yaqin bolaning ölimi xavfi bilan boğliq holda “şoşilinç çora körişni” talab qilişini taʼkidladi.

Britaniya hukumati avgust oyida “Tolibon” hokimiyatni egallab olganidan keyin 2021 yilda 378 million dollardan köpaygan afğon aholisiga kengroq yorda beriş maqsadida 13,2 million dollar ajratadi.

Maʼlumot uçun: şu yil bahorda AQŞ öz qurolli kuçlarini Afğonistondan olib çiqib ketişini eʼlon qilganidan söng, “Tolibon” Afğoniston ustidan nazorat örnatiş böyiça keng kölamli operatsiya boşlagandi.

15 avgust kuni radikallar Kobulga jangsiz kirişadi, prezident Aşraf Ğani esa respublikani tark etdi. 6 sentyabr kuni "Tolibon" butun Afğoniston hududi ustidan nazorat örnatganliklarini eʼlon qiladi, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali heç bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini eʼlon qilgan edi.

×