Qirğizistonda qalbaki pul sotgan özbekistonlik uşlandi

Qirğizistonda qalbaki pul sotgan özbekistonlik uşlandi

Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) qalbaki pullarni yasaş va sotiş bilan şuğullangan transmilliy guruh faoliyatini töxtatdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.


Maʼlumotlarga köra, guruh bir neça davlat hududida faoliyat yuritib, yuqori sifatli qalbaki kupyuralarni işlab çiqarişni va ularni keng tarqalgan tarmoq orqali sotişni yölga qöygan.

Maxsus operatsiya davomida nazorat ostidagi xarid vaqtida Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari qölga olingan. Ulardan katta miqdordagi qalbaki çet el valyutasi va boşqa aşyoviy dalillar musodara qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Qirğiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 233-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Qölga olinganlar MXDQ tergov hibsxonasiga joylaştirilgan.

Bildirilişiça, hozirda jinoiy sxemaning barça iştirokçilarini va tarqatiş kanallarini aniqlaş böyiça tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.


×