Afğonistondagi suv toşqinlari qariyb 6000 oilani uysiz qoldirdi

Afğonistondagi suv toşqinlari qariyb 6000 oilani uysiz qoldirdi

Afğonistonda kuçli yomğirlar sabab yuzaga kelgan suv toşqinlari 5 700 dan ortiq oilaga zarar yetkazdi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) xabar berdi. 


Taşkilotning keça, 9 aprel kuni bergan bayonotida sönggi toşqinlar mamlakatning 32 viloyatini qamrab olganini BMT yordam guruhlari esa joylarda favqulodda yordam körsatiş uçun safarbar etilganini bildirgan.

Xalqaro migratsiya taşkilotiga köra, hozirgaça 500 ta oila boşpana va zaruriy vositalar bilan taʼminlangan, qutqaruv hamda yordam işlari esa davom etmoqda.

Afğonistonda yoğingarçilikning keskin ortişi va kuçli suv toşqinlari nafaqat qurbonlarga sabab bölgan, balki köplab oilalarni boşpanasiz qoldirib, tezkor va keng kölamli gumanitar yordamga ehtiyojni yanada oşirgan.

Qayd etiş joiz, Afğonistonda sönggi vaqtlarda tabiiy ofatlar tez-tez sodir bölmoqda. Xususan, joriy yilning 3 aprel kuni Badaxşon şahridagi 6 balli zilzila oqibatida 8 kişi halok bölgandi. Qolaversa, mazkur zilzila Özbekistonda ham sezilgan edi.


Teglar:
×