Özgidromet «Tezkor gidrometeorologik axborot»ni eʼlon qildi. Unga köra, ayrim hududlarda sel-suv toşqinlari xavfi kutilmoqda
Joriy yilning 7-9 iyul kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida, jumladan:
Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
Farğona viloyati: Söx, Farğona, Beşariq tumanlarida, Şohimardonda;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toğ oldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli xududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söralgan.
Toşkent viloyati va Farğona vodiysi hududi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu hududlarning suv bosişiga olib kelişi mumkin, deyiladi axborotda.









