AQŞ şarmandali mağlubiyatga uçradi va Tehron ilgari surgan barça öt oçişni töxtatiş şartlariga rozi böldi. Bu haqda Eronning Oliy milliy xavfsizlik kengaşi maʼlum qildi.
Mazkur bayonot Donald Tramp tomonidan eʼlon qilingan ikki haftalik sulh fonida yangradi. Avvalroq, Tramp AQŞ Eron tomonidan taqdim etilgan 10 banddan iborat taklifni olganini bildirgan edi. Unga köra, bu reja muzokaralar uçun “real asos” bölib xizmat qilişi mumkin.
CNN telekanali xabariga köra, Isroil ham ikki haftalik sulhga amal qiladi.
Eron tomoni daʼvo qilayotgan majburiyatlar:
Eron Xavfsizlik kengaşiga köra, AQŞ quyidagi şartlarni qabul qilgan:
- Agressiyadan voz keçiş – AQŞ Eron hududiga hujum qilmaslik majburiyatini oladi;
- Hormuz böğozi ustidan nazorat – Hormuz ustidan nazorat Eronda qoladi;
- Yadro dasturini tan oliş – Eronning uran boyitiş huquqi eʼtirof etiladi;
- Sanktsiyalarni bekor qiliş – barça birlamçi va ikkilamçi çeklovlar olib taşlanadi;
- Xalqaro qarorlarni bekor qiliş – xalqaro taşkilotlarning rezolyutsiyalari töxtatiladi;
- Kompensatsiya tölaş – AQŞ Eron körgan zararni qoplaydi;
- AQŞ qöşinlarini olib çiqiş – Amerika harbiylari Yaqin Şarqni tark etadi;
- Uruşni töliq töxtatiş – barça frontlarda janglar yakunlanadi.









