Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralardagi pozitsiyasi maʼlum böldi. RF Taşqi işlar vaziri eʼlon qilgan pozitsiya uruş hali uzoq davom etişiga işora qilmoqda.
Lavrovga köra, Rossiya Ukrainadan Qrimning qöldan boy berilganini, DXR va LXR mustaqilligini şu nomdagi viloyatlar hududida tan olişini kutmoqda.
“Qrim – Rossiyaning bir qismi. Donetsk va Lugansk xalq respublikalari [mustaqilligi] ning Donetsk va Lugansk viloyatlari çegaralarida tan olinişi. Parametrlarga ega bölişi kerak bölgan demilitarizatsiya. Bular hali kelişib olinişi kerak”, degan u “Al-Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida.
Lavrovning taʼkidlaşiça, u yerda (Ukrainada – tahr.) Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga tahdid soladigan qurollar umuman bölmasligi kerak.
“Denatsifikatsiya. Xuddi faşistik Germaniya duçor bölganidek. Ukrainada neonatsistlar harbiy jinoyatçilar portretlari ostida marş ötkazib, qanday erkinlikdan foydalanayotganini oçiq manbalardagi videolardan yana bir bor tomoşa qilişga çaqiraman”, degan Lavrov.
Ukrainaning RF Taşqi işlar vaziri ilgari surayotgan talablarga rozi bölişi ehtimoldan yiroq. Heç bir suveren davlat bunday şartlarga rozi bölmagan bölardi. Şundan kelib çiqib, uruşni töxtatiş böyiça ötkazilişi kutilayotgan muzokaralar natija berişi ham amri maholdek körinmoqda.









