Nogiron kişi bosqinçilikka uçradi.

Nogiron kişi bosqinçilikka uçradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda nogiron kişi bosqinçilikka uçragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Aniqlanişiça joriy yilning 14 oktyabr kuni soat 23:30l arda viloyat IIB «102» xizmatiga fuqaro Aliboyev Husniddin telefon qilib, yaşaş uyida nomaʼlum şaxs yurganligi töğrisida xabar bergan. Çaqiruv yuzasidan tergov-tezkor guruhi voqea joyi yaʼni fuqaro X.Aliboyevning yaşaş xonadoniga borgan. Voqea joyida fuqaro X.Aliboyev mast holatda ekanligi öziga tegişli bölgan bir dona «SAMSUNG A10S» rusumli qöl telefon apparatini özining ehtiyotsizligi oqibatida yöqotib qöyganligini va uşbu telefon apparatini topişda amaliy yordam sörab murojaat qilganligi maʼlum qilgan.

Voqea joyiga borgan tergov-tezkor guruhi xodimlari tomonidan uning qöl telefoni «SAMSUNG A10S» özining yaşaş xonadonidan topib berilgan. Tergov-tezkor guruhi tomonidan xonadon töliq közdan keçirilib, protsessual hujjatlar rasmiylaştirilgan. Közdan keçiriş jarayonida xonadondan bosqinçilik jinoyatiga oid bölgan aşyoviy dalillar va narsalar aniqlanmagan.

«Yuqoridagilardan körinib turibdiki «Facebook» ijtimoiy tarmoğining foydalanuvçisi Zafar Ataxanov tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylangan «Sirdaryoda nogiron kişi bosqinçilikka uçradi» sarlavhasi ostida tarqalgan maqolada keltirilgan vajlar heç qanday asosga ega emas» – deyiladi IIB xabarida

×