Tailandda bölib ötayotgan futbol böyiça yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati guruh bosqiçida ikkinçi tur öyinlari bölib ötmoqda. Özbekiston olimpiya jamoasi uşbu turda Xitoyga qarşi maydonga tuşdi va işonçli ğalabaga erişdi.
Uçraşuv töliğiça futbolçilarimiz ustunligi ostida ötdi. Boy berilgan bir qator imkoniyatlardan söng birinçi bölim oxirida hisob oçildi. Raqib futbolçilari öz jarima maydonçasi içida qöpollik qildi va belgilangan penaltidan Islom Qobilov aniq zarba yölladi — 1:0.
Ikkinçi bölim ham birinçisi singari ötdi. Xitoylik futbolçilar aytarli qarşilik qila olmagan öyinda futbolçilarimiz aniq zarba yöllaşda qiyinçilikka duç kelişdi. Jumladan yana bir penaltini Qobilov golga aylantira olmadi.
Ikkinçi gol esa zaxiradan maydonga tuşgan Nurillo Töxtasinov tomonidan kiritildi. Şu tariqa Druloviç şogirdlari 4 oçko jamğarib, guruhdan çiqiş imkoniyatini yaxşilab oldi.
U-23 Osiyo çempionati
«S» guruhi, 2-tur.
Xitoy - Özbekiston - 0:2 (1:0, 1:0).
Gollar: Islom Qobilov 45+2 penalti, - 0:1. Nurillo Töxtasinov 80, - 0:2.
Xitoy OTJ: 12.Çen Vei, 3.Xuang Zengyu, 4.Vei Zen, 5.Zu Çenjiye, 6.Xuag Kong (21.Zang Lingfeng, 59), 7.Yang Liyu, 8.Duan Liyu, 10.Xu Jingxang, 11.Çen Binbin, 14.Zao Jiafey, 15.Feng Bosuan.
Özbekiston OTJ: 1.Abduvohid Neʼmatov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 6.Aziz Ğaniyev, 9.Jasurbek Yaxşiboyev, 10.Bobir Abdixoliqov (11.Mirjahon Mirahmadov, 86), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov (8.Nurillo Töxtasinov, 76).
Ogohlantirişlar: Ilhom Alijonov 23, Xuag Kong 69.









