«Bu şarmandali holat»: Boş vazir gaz va elektr muammosi böyiça videoselektor ötkazdi

«Bu şarmandali holat»: Boş vazir gaz va elektr muammosi böyiça videoselektor ötkazdi

28 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov rahbarligida aholi va ijtimoiy soha obʼektlarini energoresurslar — gaz va elektr energiya bilan taʼminlaşdagi muammolarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda «Xabar.uz» sayti xabar berdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda ötgan yiğilişda Boş vazir sovuq tuşişi bilan isteʼmolçilarning elektr energiyasi va gazga bölgan talabi keskin oşişini aytib, hali qiş kirmasdan turib, energoresurslar taʼminotida öta jiddiy muammolar paydo bölgani, metro va televideniyeda elektr energiyasi bilan yuz bergan noxuş holatlarni keskin tanqid qildi.

«Bu şarmandali holat, – dedi Boş vazir Abdulla Aripov. – Ommaviy axborot vositalari, internet naşrlar va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda aholining haqli eʼtirozlari keng yoritilmoqda. Gaz va elektr energiya yetkazib beruvçilar öz işlariga masʼuliyat bilan qaraşmayapti.

Mutasaddi rahbarlar şunça salbiy holatlarga biron marta ommaviy axborot vositalari orqali tuşuntiriş yoki asosli javob bergani yöq. Misol uçun, 27 noyabr kuni sutka davomida 110 kilovolt kuçlanişli 144ta liniyada jami 300 martadan ortiq çeklov amalga oşirilgan. Uşbu liniyalarda 1 yarim soatdan 5 soatgaça çeklov kiritilişi qançalik adolatga töğri keladi?

Bu kabi holatlar natijasida aholi tomonidan nafaqat Energetika vazirligiga nisbatan, balki butun Hukumatga nisbatan eʼtiroz paydo bölmoqda. 31 ming 413 ta holatda elektr energiyadan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangan, zarar miqdori esa 22 milliard sömni taşkil qiladi. Gaz tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş holatlari judayam köp. Natijada jabrini aholi köryapti».

Boş vazir, şuningdek, belgilangan reja asosida gaz isteʼmolçilarga yetib bormaganini qoraladi. Energoresurslar tejamkorligiga eʼtibor berilmayotgani, tuşuntiriş işlari samarali bölmayotganini tanqid qildi.

×