Qozoğiston aprel oyida ilk raketasini fazoga uçirişi mumkin

Qozoğiston aprel oyida ilk raketasini fazoga uçirişi mumkin

Joriy yilning 3 aprel kuni Ostona vaqti bilan 16:00 da Qozoğiston “Soyuz-5” raketasini fazoga uçirişi mumkin. Bu haqda KazTAG xabar berdi.


Qayd etilişiça, “Soyuz-5” (Sunkar) taşuvçi raketasi birinçi marta Boyqönğir kosmodromining start kompleksiga olib çiqilgan va birinçi sinov uçişi uçun tayyorgarlik işlari boşlangan.

Bugun, 31 mart kuni ertalab foydali yukning maketi bilan birga “Soyuz-5” raketasi kosmodromning 42-uçastkadagi montaj va sinov binosidan temir yöl orqali 45-uçastkadagi start qurilmasiga vertikal holatda örnatilgan. Bir neça kun içida kosmodrom mutaxassislari start kompleksi va raketa tizimlarini yakuniy tekşiruvdan ötkazadi.

“Bayterek” kosmik raketa kompleksi – bu Qozoğiston va Rossiya hamkorligidagi loyiha bölib, Boyqönğir kosmodromida yerga örnatilgan kosmik infratuzilma yaratiş va ekologik toza yoqilği komponentlariga ega raketalarni uçirişni maqsad qilgan. 

 

Loyiha 2004 yilda taşkil etilgan va 2005 yilda öşa paytdagi Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Boyqönğir kosmodromiga taşrifi çoğida rasmiy işga tuşirilgan.


×